Mustaqil davlatimiz ozodligi va hurligi ramzi hisoblangan bayrogʻimiz toʻgʻrisidagi qonun qabul qilingani kun munosabati bilan joylarda bir qator tadbirlar o'tkazilmoqda.
Jumladan, bugun Oltinko'l tumani 1-umumta'lim maktabi o'quvchilari ishtirokida "Bayrogʻim-faxrim, gʻururim" shoiri ostida rasmlar va insholar ko'rik tanlovi o'tkazildi.
Kishiga gʻurur va iftixor bagʻishlovchi mazkur davlat ramzi Vatanimiz nomini dunyolarga tanitish bilan birga yosh avlod qalbida vatanparvarlik, yurtga muhabbat tuygʻularini ham kamol toptiradi.