"Millat bayrog‘i" shiori ostida marafon o'tkazildi

Bugun 18-noyabr - O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganiga 33 yil to‘ldi. Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan Oltinkoʻl tumanida ham muqaddas bayrog‘imizni madh etuvchi tadbirlar boshlanib ketdi.

Erta tongdan tuman markazida "Millat bayrog‘i" shiori ostida marafon tashkil etilib, unda aholi va yoshlar jam bo‘lishdi va qo‘llarida Vatanimiz bayroqlarini tutgan holda besh ming qadam masofani bosib o‘tdilar.

Albatta, bu kabi tadbirlar nafaqat yoshlar, balki har qanday kishi qalbida Vatanparvarlik va faxr iftixor tuyg‘ularini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech