Viloyat prokurori tumanimizga tashrif buyurdi
••••••••••
Andijon viloyati prokurori M.Abduxakimov tomonidan Oltinko‘l tumanida qish mavsumiga tayyorgarlik, energiya resurslarini iqtisod qilish, qurilish ishlarini sifatli olib borilishi va dala chetlaridagi ariqlarni betonlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
Xususan, mas’ullar tumandagi markaziy shifoxonaga va ta’lim muassasalariga borib, qish mavsumiga tayyorgarlik holatlarini o‘rgandi, bunda ob’yektlar va ko‘p qavatli binolarni barqaror ishlashga tayyorlash, iste’molchilarga ko‘mir hamda energiya resurslarini samarali yetkazib berilishini ta’minlashga e’tibor qaratildi.
Bundan tashqari, tumanda 9,3 gektar maydonda tashkil etilayotgan umumiy qiymati 20 mlrd. so‘m bo‘lgan “Gulchilik markazi” loyihasi va olib borilayotgan qurilish hamda hududlarda dala chetlaridagi ariqlarni betonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.