Xalq deputatlari Oltinko'l tuman Kengashining birinchi sessiyasi o'tkazildi
••••••••••
Bugun Xalq deputatlari Oltinko'l tuman Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi o‘tkazildi.
Unda quyidagi masalalar muhokamaga qo'yildi:
* Xalq deputatlari Oltinko'l tuman Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlarini ro'yhatga olish haqida,
* Xalq deputatlari Oltinko'l tuman Kengashi Reglamenti va doimiy komissiyalar to'grisidagi Nizomni tasdiqlash tog'risida,
* Andijon viloyati hokimining Oltinko'l tumani hokimini tayinlash tog'risida qarorini tasdiqlash haqida.
Shuningdek, sessiyada xalq deputatlari tuman kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari ro‘yxatdan o‘tkazilib, tuman kengashi reglamenti va doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Xalq deputatlari tuman kengashi qaroriga muvofiq, Rasulov Otavullaxon Abdulahadovich Oltinko'l tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.