Xabaringiz bor, shu yilning 27 oktyabr kuni mamlakatimizda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatligiga saylovlar o‘tkaziladi.
Oltinko'l tumanida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga qo‘yilgan nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Muloqotda o‘zlarining saylov oldi dasturlarini ochiqlagan nomzodlar saylovchilarning ham savollariga batafsil javob berib o‘tdilar.
Siyosiy partiyalarning nomzodlari va oltinko'llik saylovchilar o‘rtasidagi ochiq muloqot siyosiy faollik va saylovchilarning qizg‘in bahs-munozaralari asosida bo‘lib o‘tdi.